Saytimizga hush kelibsiz !

«Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida» gi Qonunga qanday o’zgartirishlar kiritildi?

Joriy yilning 29-oktabr kuni O’zbekiston Respublikasi «Fuqarolarni davlat pensiya ta’minoti to’g’risida» gi Qonuniga bir qator o’zgartirishlar kiritildi. Unga ko’ra:
1) 5-moddaning nomi va matni «ichki ishlar organlarining» degan so’zlardan keyin «O’zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining» degan so’zlar bilan to’ldirildi;
2) 28-moddaning «i» bandi quyidagi tahrirda bayon etildi:
«i) vafoti harbiy xizmat yoki ichki ishlar organlaridagi, O’zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasidagi xizmat majburiyatlarini bajarish bilan bog’liq bo’lgan harbiy xizmatchilarning hamda ichki sihlar organlari, O’zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi xodimlarining ota-onalariga va yangi nikohdan o’tmagan beva xotinlariga (beva erlariga) – pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 30 foizi»;
3) 37-modda birinchi qismi:
«a» bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etildi:
«2019 yil 1-yanvardan keyingi davr uchun-xodim tomonidan bajarilgan har qanday ish, basharti mehnatga haq to’lash tarzidagi daromadlar hisoblangan bo’lsa, shuningdek jismoniy shaxsning 2021 yil 1 iyundan keyingi ishlamagan davri uchun eri (xotini) mehnatga haq to’lash tarzidagi o’z daromadlaridan ixtiyoriy asosda ijtimoiy soliq to’lagan davr»;
«b» bandi «davlat xavfsizligi organlarida» degan so’zlardan keyin «O’zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasida» degan so’zlar bilan to’ldirildi;
4) 42-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etildi;
«Mehnat daftarchasi (elektron mehnat daftarchasi) ish stajini tasdiqlovchi asosiy hujjat hisoblanadi.
2005 yil 1 yanvardan avvalgi davrlar uchun ish staji shaxsning mehnat daftarchasidagi (elektron mehnat daftarchasi) mavjud yozuvlar asosida tasdiqlovchi hujjatlar talab etilmasdan belgilanadi.
Mehnat daftarchasi (elektron mehnat daftarchasi) yoki undagi tegishli yozuvlar mavjud bo’lmagan taqdirda ish stajini tasdiqlash tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi»;
5) 43-modda:
uchinchi qismining birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etildi:
«Ma’muriyat (boshqaruv) ariza kelib tushgan kundan e’tiboran 10 kunlik muddat ichida staj va ish haqi to’g’risidagi zarur hujjatlarni rasmiylashtiradi hamda ularni berilgan ariza va o’z taqdimnomasi bilan birga arizachining tanloviga ko’ra uning doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining tuman (shahar) bo’limiga yuboradi»;
beshinchi qismidagi «istiqomat joyidagi» degan so’zlar «doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyidagi» degan so’zlar bilan almashtirildi;
6) 52-modda quyidagi tahrirda bayon etildi:
52-modda. Pensionerlarga pensiyalarni to’lash.
Pensionerlarga pensiyalar ularning tanloviga ko’ra doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining tuman (shahar) bo’limlari tomonidan zimmasiga pensiyani yetkazib berish (topshirish) yuklatilgan tashkilot va tijorat bankining filiallari orqali to’lanadi.
7) 60-modda quyidagi tahrirda bayon etildi:
«60-modda. Keksalar va nogironligi bo’lgan shaxslar uchun internet uylarida yashovchi pensinerlarga pensiyalar to’lash.
Keksalar va nogironligi bo’lgan shaxslar uchun internet uylarida (pansionatlarida) yashovchi yolg’iz pensionerlarga pensiya va ularning ta’minoti uchun sarf-xarajat o’rtasidagi farq to’lanadi, lekin tayinlangan pensiyaning kamida 20 foizi to’lanadi. Ruhiy holati buzilgan shaxslar uchun internet uylarida yashovchi pensionerlarga pensiya to’lnmaydi.
8) 63-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etildi:
«Pensioner vafot etgan oy uchun olinmay qolingan pensiya puli ko’rsatib o’tilgan oila a’zolariga ushbu oy uchun to’liq to’lanadi»;

9) 65-modda: quyidagi mazmunda ikkinchi qismi bilan to’ldirildi:
«Tekshirish (o’rganish) o’tkazish boshlangan sanadan avvalgi uch yil va undan ortiq davrda tayinlangan va (yoki) qo’shimcha taqdim etilgan hujjatlarga binoan qayta hisoblangan pensiyalarning tekshirilishiga (o’rganilishiga) hamda ular bo’yicha to’langan ortiqcha summalarning ushlab qolinishiga (undirilishiga) yo’l qo’yilmaydi»;
ikkinchi-oltinchi qismlari tegishlicha uchinchi-yettinchi qismlar deb hisoblandi;
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etildi:
«Pensioner O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining tuman (shahar) bo’limining pensiyadan ortiqcha to’langan summalari ushlab qolish to’g’risidagi qaroridan norozi bo’lgan taqdirda, aniqlangan qarzdorlik sud tartibida undiriladi».

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev
Toshkent sh.,
2021 yil 29 oktyabr,
O’RQ-726-son

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan