Joriy yilning 23-noyabr sanasida Shirin shahar hokimligi kichik majlislar zalida Sirdaryo viloyati hokimi o‘rinbosari I.Muminov boshchiligida O‘zbekiston Respublikasining «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonuni mazmun mohiyati, diniy-ma’rifiy muhitni yaxshilash sohasida amalga oshirilayotgan muhim islohotlar hamda mutasaddilarning sohada amalga oshirilayotgan ishlar tahliliga bag‘ishlangan majlisi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda mazkur qonun mazmun-mohiyatini xalqqa, keng ommaga yetkazish va boshqa shu kabi masalalar keng muhokama qilindi.
Shirin shahar hokimligi Axborot xizmati