Saytimizga hush kelibsiz !

O’quvchi yoshlar uchun harbiy ekskursiya tashkil qilindi

Joriy yilning 27 oktyabr kuni Shirin shahridagi 4-umumtalim maktabining 11-sinf o‘quvchilari Shirin shahridagi DXX Chegara qo‘shinlariga qarashli 9252 harbiy qismda «Ochiq eshiklar» kuni munosabati bilan ChQBT rahbari U.Sariev va jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi A.Xodjamurodovlar kuzatuvida mazkur harbiy qismga ekskursiya uyushtirildi.

Bu yerda o‘quvchilarni kutib olgan harbiy qism boshlig‘i o‘rinbosari H.Akmalov tanishuv tartibini aytganidan so‘ng, yoshlar navbati bilan harbiylar hayoti, yaratilgan sharoitlar, ularning qurol yarog‘ va texnikalari bilan, xususan, harbiylarning o‘quv xonasi, xizmat oti va xizmat iti, bir necha turdagi o‘qotar qurollar, BTR kabi harbiy texnikalar bilan tanishishidi. Instruktorlar ularni qiziqtirgan savollariga javoblar berishdi.

Bo‘lg‘usi yosh Vatan himoyachilarini jismonan chiniqtirish maqsadida ekskursiya piyoda tashkil etilib, o‘quvchilar 12 km masofani bosib o‘tishdi. Ekskursiya yoshlarda katta taassurot qoldirdi.


Shirin shahar Xalq ta’limi bo’limi matbuot xizmati

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan