Saytimizga hush kelibsiz !

Xalq deputatlari Shirin shahar kengashining navbatdagi 37-sessiyasi bo’lib o’tdi

Xalq deputatlari Shirin shahar kengashi deputatlari, shahar sektor rahbarlari, tegishli tashkilot rahbarlari hamda OAV vakillari ishtirokida joriy yilning 26-oktabr kuni Shirin shahar hokimligining kichik majlislar zalida xalq deputatlari Shirin shahar kengashining navbatdagi 37-sessiyasi bo’lib o’tdi.

Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar ko’rib chiqildi:
1. Sessiyalar oralig‘ida qabul qilingan ayrim qarorlarni tasdiqlash.
2. Jinoyat ishlari bo‘yicha Shirin shahar sudi raisi X. Sarmanovning 2021-yilning o‘tgan to‘qqiz oyi davomida amalga oshirgan ishlari bo‘yicha axboroti

3. Shahar Adliya bo‘limining 2021 yilning uchinchi choragi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Shirin shahar Kengashiga axboroti.

4. Shaharda qonunbuzarliklarning oldini olish, korrupsiyaga qarshi kurashish, qonun ustuvorligini ta’minlash bo‘yicha shahar prokurori Ch. Maxmudovning axboroti.

5. Shahar hududida jinoyatchilikning oldini olish hamda ularning profilaktikasi bo‘yicha Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i A. Xolmatovning hisoboti

6. Shahar mahalliy budjetining 2021-yil uchinchi chorakdagi ijrosi yuzasidan moliya bo‘limi mudiri U. Babayevning hisoboti.

7. Shahar Kengashi Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha doimiy komissiyasining hisoboti.

8. Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish ishlarining borishi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Obod qishloq” va “Obod mahalla” Dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi PQ-5048-sonli qarori ijrosi bo‘yicha shaharda amalga oshiriladigan ishlar haqida shahar hokimi o’rinbosari Z. Abduvohidov hisoboti.

9. Shirin shahrida qabul qilingan “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” shahar hududiy dasturining ijrosi to‘g‘risida
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbus doirasida shaharda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida;
11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6166-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida
12. Boshqa masalalar.

Sessiya kun tartibida kiritilgan masalalar yuzasidan deputatlar ishtirokida keng muhokamalar asosida tegishli qarorlar qabul qilindi.

Shirin shahar hokimligi Axborot xizmati

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan