Saytimizga hush kelibsiz !

“TASHABBUSLI BYUDJET” jarayonida faol ishtirok eting!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 13 aprelda “Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida” gi PQ-5072-sonli qarori qabul qilingan edi.
Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan openbudget.uz – “Ochiq byudjet” portali ishga tushurilib, mamlakatimiz fuqarolari tomonidan ushbu portal orqali bir qancha takliflar kelib tushdi.
Shu jumladan, bizning Shirin shahar aholisi tomonidan ham ko‘plab takliflar kelib tushdi va ushbu takliflar tuzilgan ishchi guruh tomonidan o‘rganilib belgilangan mezonlarga to‘g‘ri keladiganlari ovoz berish bosqichiga o‘tkazildi.
Shirin shahridagi aholi tomonidan portalga jami 100 ta takliflar kiritilgan bo‘lib, shahar ishchi komissiya tomonidan 17 ta takliflar keyingi bosqichga o‘tkazilishi ma’qullangan.
Xurmatli shahrimiz fuqarolari!
Sizdan ushbu tashabbusli byudjet jarayonida 2021 yilning 13 avgustdan 2 sentyabrgacha bo‘lgan davrda o‘zingizga ma’qul keladigan takliflarga ovoz bering va shahrimizning yanada ravnaq topishiga o‘z hissangizni qo‘shing.

Shirin shahar hokimligi moliya bo‘limi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan