Shirin shahrida aholini COVID-19 ga qarshi emlash bo‘yicha fuqarolarga barcha qulayliklar yaratilmoqda. Xususan, shahar hududida bugunga qadar jami 3 ta emlash punkti, 1 ta mobil guruh tashkil qilinib, vaksinatsiya jarayonlari olib borilmoqda.
Bugun 11-avgustdan boshlab Farhod mahallasida 4-emlash punkti ham yo‘lga qo‘yilib, vaksinatsiya jarayonlari davom ettirilmoqda.
Shirin shahrida aholini koronavirusga qarshi emlash bo‘yicha barcha punktlar quyidagi manzillarda joylashgan:
1-emlash punkti – Do‘stlik mahallasi shahar tibbiyot birlashmasi hududida;
2-emlash punkti – “Sirdaryo IES” AJning tibbiy sanitariya qismida;
3-emlash punkti – Nurobod oilaviy shifokorlik punkti;
4-emlash punkt – Farhod mahallasidagi 3-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti binosining kirish qismida (ushbu punkt bolalarga kasallik yuqmasligi uchun barcha karantin talablari asosida yo‘lga qo‘yilgan).
Ma’lumot uchun, COVID-19 hamda emlash jarayonlari yuzasidan aholini qiynab kelayotgan har qanday savollar va qo‘shimcha ma’lumot uchun shahar tibbiyot birlashmasida 24 soatlik (67) 764 56 80 Call-markazi yo‘lga qo‘yilgan.
Shirin shahar hokimligi Axborot xizmati