“O‘zbekiston kitobxonlar yurti” shiori ostida o‘tayotgan Kitobxonlik haftaligi doirasida Shirin shahar Axborot-kutubxona markazi va Energetika texnikumi hamkorligida ma’naviy-ma’rifiy mavzudagi davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda talabalar uchun axborot xavfsizligi, huquqiy ongni shakllantirish, yoshlar orasida sog‘lom fikrlashni qaror toptirish va kitob o‘qish madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan ma’ruzalar taqdim etildi. Shuningdek, “Konstitutsiya”, “Jinoyat huquqi” kabi huquqiy adabiyotlar bilan tanishtirildi.
Ochiq muloqot shaklida o‘tgan suhbatda talabalar o‘z fikr va savollari bilan faol qatnashdilar.


