Saytimizga hush kelibsiz !
Shirin shahrida Madaniyat va san’at xodimlari kuni nishonlandi – Shirin shahar hokimligi
Saytimizga hush kelibsiz !

Shirin shahrida Madaniyat va san’at xodimlari kuni nishonlandi

15-aprel – Madaniyat va san’at xodimlari kuni munosabati bilan Shirin shahrida bayram tadbiri tashkil etildi. Unda sohada uzoq yillar samarali faoliyat yuritgan mehnat faxriylari, bugungi kunda fidoyilik bilan ishlayotgan faollar, xalqimiz suygan san’atkorlar, yoshlar va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda so‘z olgan shahar hokimi o‘rinbosari Farrux Alimov madaniyat sohasida faoliyat yuritayotgan xodimlarni sana munosabati bilan tabriklab, shahar hokimining bayram tabrigini o‘qib eshittirdi.

Shuningdek, so‘zga chiqqanlar so‘nggi yillarda milliy madaniyatni yanada rivojlantirish, moddiy va nomoddiy madaniy meros durdonalarini asrab-avaylash va targ‘ib etish, xalq og‘zaki ijodiyoti hamda havaskorlik san’atini yanada ommalashtirish, yoshlarning madaniyat, san’atga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishga alohida e’tibor qaratilayotganini mamnuniyat bilan qayd etishdi.

Bayram tadbiri san’at ustalarining chiqishlari, kuy-qo‘shiq va raqslar bilan davom etdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan