⏺Shirin shahrida “Obod xonadon», «Obod ko‘cha» va «Obod mahalla” ko‘rik-tanlovining shahar bosqichi o‘tkazildi. Mazkur tanlov, shahar aholisining obodonchilik ishlariga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ko‘chalar va mahallalarning ijtimoiy muhitini yaxshilashga yo‘naltirilgan muhim tadbirlardan biri hisoblanadi.
➖Tanlovda, shahrimizning barcha mahallalari ishtirok etib, o‘zlarining obodonlashtirishdagi yutuqlari, xonadonlarida yaratilgan sharoitlar va mahalla hududlaridagi yangiliklarni taqdim etdilar. Tanlov natijasida, quyidagi mahallalar g‘olib bo‘lishdi:
• 1-o‘rin — Vatanparvar mahallasi
• 2-o‘rin — Amir Temur mahallasi
• 3-o‘rin — Mirzo Ulug‘bek mahallasi








