Oppoq qorga burkangan koʻchalar chiroyli manzara hosil qiladi. Ammo bundan vaziyat piyodalar va haydovchilar harakati uchun birmuncha noqulayliklarni ham keltirib chiqaradi.
Shahrimiz fuqarolari va mehmonlarining xavfsizligini ta’minlash maqsadida kecha-yu kunduz shahar obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan markaziy va tor koʻchalar, yoʻlaklar qordan tozalanmoqda, tuz-qum aralashmalari sepilmoqda.
Sovuq ob-havoda yo‘llarimizni muz va qordan tozalab fuqarolarning va avtomobillarning yurishi uchun qulaylik yaratayotgan Obodonlashtirish xodimlarining xizmatlari tahsinga sazovor.






