Shirin shahar hokimligi jamoasi hamda shahrimizdagi korxona va tashkilot xodimlari bu kunda milliy liboslarda ish olib borishmoqda.
Shu o‘rinda aytish joizki, biz oʻz madaniyatimizni qadrlasak, uni kelajak avlodga yetkazsak, millat sifatida yanada kuchli va barkamol boʻlamiz. Milliy liboslarimiz – bu nafaqat kiyim – kechak , balki ajdodlarimiz merosi, madaniyatimiz timsoli va iftixorimizdir.