Saytimizga hush kelibsiz !

Shirin shahrida “Kitobxon ona”, “Kitobxon o‘quvchi” va “Kitobxon rahbar” tanlovlari o‘tkaziladi

Shirin shahar hokimining qarori bilan tanlovni tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom qabul qilindi.

Shahrimizdagi Yoshlar markazida bo‘lib o‘tadigan ushbu ikki bosqichli tanlovda shahrimiz ayollari, o‘quvchi-yoshlar va tashkilot rahbarlari ishtirok etishi mumkin.

✅Birinchi bosqich 14-15 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Unda nomzodlar ilmiy-ommabop, o‘zbek va jahon adabiyoti, buyuk adiblarimiz hayoti va ijodiga oid 25 ta test savollariga javob beradi. Eng ko‘p ball to‘plagan 10 nafar nomzod final bosqichida ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladi.

✅Final bosqichi 3-4 dekabr kunlari kunlarida o‘kazilishi belgilangan bo‘lib, unda qatnashchilar “Badiiy asarlar bilimdoni” va “Tezkor savol-javob” shartlari asosida bellashadi.

⚠️Savollar quyidagi asarlar asosida tuziladi:

«Kitobxon ona» tanlovi uchun:

✅Shayx Muhammad Sodiq – «Bahtiyor oila»;
✅Abdulla Qodiriy – «O‘tkan kunlar»;
✅Cho‘lpon – «Kecha va kunduz»;
✅Tog‘ay Murod – «Ot kishnagan oqshom».

“Kitobxon o‘quvchi” tanlovi uchun:

✅Tohir Malik – «Alvido bolalik»;
✅Oybek – “Navoiy”;
✅Abdulla Qahhor – «O‘tmishdan ertaklar»;
✅Primqul Qodirov – «Yulduzli tunlar».

“Kitobxon rahbar” tanlovi uchun:

✅Shavkat Mirziyoyev – «Yangi O‘zbekiston strategiyasi»;
✅O‘tkir Xoshimov – «Daftar hoshiyasidagi bitiklar»;
✅Tog‘ay Murod – «Otamdan qolgan dalalar».

Qarorga ko‘ra, tanlovda har bir yo‘nalish bo‘yicha g‘olib bo‘lgan ishtirokchilar 1-o‘rin uchun 700 000 so‘m, 2-o‘rin uchun 500 000 so‘m, 3-o‘rin uchun 300 000 so‘m pul mukofotlari bilan taqdirlanishi belgilangan.
Qo‘shimcha maʼlumot olish uchun:
📞 +99867 764 44 43
📞 +998 90 038 48 46

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan