Shahar sektor rahbarlari va tegishli mas’ullar ishtirokida shahrimizda tadbirkorlik faoliyatini olib borayotgan fuqarolar bilan joyiga chiqqan holda quyosh panellarini o‘rnatish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda. Bugungi targ‘ibot tadbiri shahrimizdagi Dehqon bozori hududida tashkil etilib, unda tadbirkorlarga quyosh panellari o‘rnatishning afzalliklari hamda davlat tomonidan berilgan imtiyozlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Tadbir davomida tadbirkorlarning ko’pchiligi quyosh panellarini o’rnatishga qiziqish bildirdi. Shahar hokimi ushbu jarayonni qo’llab-quvvatlash va zarur yordamlarni ko‘rsatishga tayyor ekanligini ma’lum qildi.
Shuni ta’kidlash kerakki, quyosh panellarini o‘rnatish nafaqat tadbirkorlarning iqtisodiy manfaatlariga xizmat qiladi, balki mamlakatimiz energotizimini barqarorligi hamda atrof-muhit muhofazasi uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi.