Saytimizga hush kelibsiz !

Shirin shahrida koronavirusga qarshi emlash jarayoni davom etmoqda

COVID-19 virusi dunyo bo‘ylab tarqalgandan so‘ng, qanchadan-qancha insonlar ushbu kasallikka chalindi, ko‘plab insonlar mazkur yuqumli kasallik qurboniga aylanishdi. Bunday holat mamlakatimizni ham chetlab o‘tgani yo‘q. Hozirda mazkur kasallikni tarqalishini oldini olish bo‘yicha barcha zaruriy chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda. Dunyo bo‘ylab ushbu virusga qarshi rivojlangan davlatlarda turli xil vaktsinalar ishlab chiqarilib, bugun deyarli barcha davlatlar o‘z aholisini vaktsinatsiyadan o‘tkazmoqda. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan samarali deya baholangan ushbu vaksinalar O‘zbekistonga ham olib kelinmoqda. Ayni kunlarda mamlakatimiz bo‘ylab barcha aholi bosqichma-bosqich koronavirusga qarshi emlanmoqda.

Foto: Shirin shahar hokimligi Axborot xizmati
Foto: Shirin shahar hokimligi Axborot xizmati
Foto: Shirin shahar hokimligi Axborot xizmati
Foto: Shirin shahar hokimligi Axborot xizmati

Xususan, Shirin shahrida ham vaksinatsiya jarayonlari ayni vaqtda davom etyapti, joriy yilning 14 aprel sanasidan birinchi vaktsinatsiya jarayonlari boshlanib, bugungi kunga qadar jami 2461 nafar fuqarolar kasallikka qarshi emlandi. Bunda shaharda faoliyat yuritayotgan davlat tashkilotlari xodimlari ham bosqichma-bosqich emlanmoqda, xususan bugun 24 iyun kuni Shirin shahar hokimligining ishchi xodimlari ham vaksinatsiyadan o‘tkazildi.

Xurmatli fuqarolar, shuni unutmaslik lozimki, koronavirus kasalligini yuqtirib olmaslik uchun birinchi navbatda karantin qoidalariga rioya etish zarur!

Shirin shahar hokimligi Axborot xizmati

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan