Sirdaryo viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi hamda viloyat Sport boshqarmasi hamkorligida yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq qilish hamda ommaviy sportni yanada rivojlantirish maqsadida viloyatimizdagi barcha tuman va shaharlarda reja-grafik asosida “Yoshlar yugurish marafoni” o‘tkazildi.
Ushbu marafonning yakuni bugun, Shirin shahrida ko‘tarinki kayfiyatda bo‘lib o‘tdi. Unda shahar sektor rahbarlari, nuroniylar hamda mahalla yoshlari faol ishtirok etib, 3 km masofani yugurib bosib o‘tishdi. Shuningdek, tonggi badantarbiya mashg‘ulotlari o‘tkazilib, marafonga yakun yasaldi.
Marafon bayroqchasi Toshkent viloyati yoshlariga berildi.