Bugun Shirin shahar Farhod mahallasida shahar hokimi Niyoz Xazratkulov hamda shahar prokurori Rustam Mamirovlar boshchiligida fuqarolar qabuli oʻtkazildi. Unda shahar Xalq qabulxonasi vakillari, korxona va tashkilot rahbarlari hamda bir guruh fuqarolar o‘z yechimini kutayotgan masalalari bilan ishtirok etishdi.
✅Qabul jarayonida fuqarolar tomonidan doimiy ish bilan ta’minlash, kadastr, imtiyozli kredit ajratish va boshqa masalalar yuzasidan jami 4 ta murojaatlar kelib tushdi.
Yoʻllangan murojaatlarning 3 tasiga joyida amaliy yechim topildi, qolgan 1 ta masala yuzasidan huquqiy tushuntirish berildi.