Saytimizga hush kelibsiz !

Shirin shahar hokimi Niyoz Xazratkulovning Ramazon hayiti tabrigi

Assalomu alaykum aziz vatandoshlar!

Barchangizni bugungi qutlug‘, ezgulik va saxovat ayyomi — Ramazon hayiti bayrami munosabati bilan samimiy muborakbod etaman.

Qalblarimizdagi chin insoniy fazilatlarni yana-da kamol topishi, mehr-oqibat hamda katta g‘amxo‘rlik tuyg‘ularini o‘zida mujassam etgan ushbu kun haqiqiy maʼnoda o‘zaro munosabatlarimizni mustahkamlashda katta ahamiyat kasb etadi.

Qadrli yurtdoshlar!

Ushbu muborak oyda qilgan ibodatlaringiz, ezgu duolaringiz ijobat bo‘lsin! Sog‘-salomat yuring, xonadoningizdan mudom tinchlik-xotirjamlik, qut-baraka arimasin, savobli ishlarda bardavom bo‘ling!

Yurtimizdagi tinchlik, taraqqiyot, xalqimiz farovonligi barqaror va bardavom bo‘lsin!

Hurmat bilan,
Shirin shahar hokimi
Niyoz Xazratkulov

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan