Shirin shahar Yoshlar markazida «Eng na’munali mahalla raisi» ko’rik tanlovining shahar bosqichi o’tkazildi.
Ishtirokchilar uch shart: mahalla raisining amalga oshirgan ishlari taqdimoti, sohaga oid qonun hujjatlari bo‘yicha savol-javob hamda mahallada uchraydigan kutilmagan muammoli vaziyatga yechim topish bo‘yicha mahoratini namoyish qilishdi.
Shahrimizdagi barcha mahalla fuqarolar yig’ini raislari ishtirokida o’tkazilgan ushbu ko’rik tanlov bayramona va ko’tarinki ruhda bo’lib o’tdi.
Yakuniy natijalariga koʻra g‘olib bo’lgan Shirin shahar Do‘stlik mahallasi raisi Xolmatov Umidjon Komiljonovich tanlovning viloyat bosqichida ishtirok etadi.