Yurtimizda yoshlar bandligini ta’minlash bugungi kunning eng muhim masalalaridan biriga aylangan. Bugungi bozor iqtisodiyoti sharoitida ularga zarur daromad olish manbai yaratish, kasb-hunarga o‘qitish, xususiy biznesni boshlashga ko‘maklashish kabi masalalarni hal etish bu borada jiddiy choralar ko‘rishni taqozo etmoqda.
Shu maqsadda shahar yoshlari uchun qoʻshni Boyovut tumani hududidan ekin yer maydonlari ajratilmoqda. Bugun ushbu yer maydonlari holatini oʻrganish maqsadida shahar sektor rahbarlari ajratilishi rejalashtirilayotgan yerlarni koʻzdan kechirishdi.
Ma’lumot oʻrnida shahrimiz yoshlari uchun Boyovut tumanining Shirin mahallasi hududidan 50 ga yer maydoni ajratilishi rejalashtirilgan.