Saytimizga hush kelibsiz !

Farhod mahallasida shahar hokimining sayyor qabuli oʻtkazildi

Shirin shahar hokimi Niyoz Xazratkulov boshchiligida aholi muammolarini manzilli o‘rganish va hal etish maqsadida bugun Farhod mahallasida sayyor qabul oʻtkazildi.

Unda shahar korxona va tashkilot rahbarlari hamda mahalla fuqarolari yechimini kutayotgan bir qator masalalari bilan ishtirok etishdi. Qabul davomida fuqarolardan 9 ta turli mazmundagi yaʼni, tadbirkorlik uchun kredit ajratish, doimiy ish bilan ta’minlash «Ayollar daftari» ro‘yxatiga kiritish va boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar kelib tushdi. Aksariyat murojaatlar shu vaqtning o‘zida yechimini topdi. Qolgan masalalarni hal etish bo‘yicha masʼullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan