Saytimizga hush kelibsiz !

Respublika ishchi guruhi Shirin shahrida bo‘ldi

Bugun Shirin shahrida respublika ishchi guruhi vakillari hamda shahar sektor rahbarlari, «Mahalla yettiligi» va hamkor tashkilotlar rahbarlari ishtirokida «Mahalla yettiligi» faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi

Uchrashuvda so‘zga chiqqanlar tomonidan ijtimoiy yordam turlarini ko‘rsatish va subsidiyalar ajratishdagi muhim masalalar “Mahalla yettiligi”ning kollegial qarorlari asosida amalga oshirilishi, “yettilik” va mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda yoshlar bandligini taʼminlash, ularni qo‘llab-quvvatlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, xotin-qizlar faollarining vazifalari, hududdagi xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini o‘rganish hamda hal etilishiga ko‘maklashish, profilaktika inspektorlarining mahallalarda olib boradigan asosiy ishlari, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Shuningdek, soliq xodimlariga mahalladagi imkoniyatlarni ishga solib, soliq bazasini kengaytirish, tadbirkorlik faoliyatini qonuniylashtirishga va o‘zini o‘zi band qilganlarga kichik biznes toifasiga o‘tishlariga ko‘maklashishlari hamda ijtimoiy xodimlar tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan ham zaruriy tavsiya va tushunchalar berildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan