Yurtimizda xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bugun davlat siyosatining bir qismiga aylanmoqda. Shirin shahar Farhod mahallasida yashovchi Nuriya Samadova davlatimiz tomonidan xotin-qizlarga berilayotgan imkoniyatlardan foydalanib hayotda o‘z o‘rnini topgan ayollarning biri. U imkoniyati cheklangan bo‘lishiga qaramay o‘z uyida tikuvchilik bilan shug‘ullanib, oilasiga daromad keltirmoqda.