Bosh prokuror o‘rinbosari Shoxrux Aminov Shirin shahrida bo‘lib, “Bunyodkor” mahallasidagi ko‘p qavatli aholi turar joylariga xizmat ko‘rsatuvchi “Shirin city kommunal” MCHJ boshqaruv servis kompaniyasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Shuningdek, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, aholi orasida tadbirkorlikni keng rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, oilalarni mustahkamlash, ma’naviy va ma’rifiy muhitni sog’lomlashtirish, yoshlar tarbiyasi bilan chuqur shug’ullanish masalalariga alohida to’xtalib, mahalla yettiligi faoliyatini kuchaytirish bo’yicha hamda aholini uzluksiz energiya resurslarini taʼminlash yuzasidan kerakli tavsiyalar berdi.