Saytimizga hush kelibsiz !

Is gazi hayot uchun xavfli!

Shirin shahar hududida aholi yashash xonadonlarida is-gazi va sodir boʻlishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlarni oldini olish borasida profilaktika ishlari doimiy olib borilmoqda. Jumladan bugun shahar hokimining birinchi oʻrinbosari I.Maxmudov hamda shahar FVB boshligʻi E.Pardaboyevlar tegishli mas’ullar bilan birgalikda aholi xonadonlarida boʻlib, gaz jihozlarini o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulamaslik, nosoz isitish qurilmalari va gaz jihozlaridan foydalanmaslik, gaz jihozlari va isitish qurilmalari joylashgan binolarda havo almashish kanallarining doimiy ochiq holatda bo‘lishini ta’minlash, yosh bolalarning gaz jihozlaridan foydalanishiga yo‘l qo‘ymaslik, gaz jihozlari joylashgan xonadan dam olish va uxlash maqsadida foydalanmasalik, gaz plitasidan kiyimlarni quritish va boshqa maqsadlarda foydalanmaslik kabi zarur tavsiyalarni berishdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan