Ayni damlarda butun yurtimiz, Shahrimizda ham bayram shukuhi kezmoqda. Barchaning yuz-ko‘zida mamnunlik, xursandchilik, Yangi yil quvonchi. Hademay eski yilni ham kuzatib yangi yilni qarshi olamiz. Mana shunday quvonchli kunlarda bir biriga yordam qo‘lini cho‘zish, ko‘ngil so‘rash, xayr-saxovat ishlarini amalga oshirish xalqimizga xos fazilat. Bayramni nishonlash, uni to‘kin dasturxon atrofida o‘tkazish esa yana-da yaxshi. Shu maqsadda shahar sektor rahbarlarining tashabbusi bilan homiy tadbirkorlar tomonidan Shirin shahrida istiqomat qilayotgan ehtiyojmand oilalar hamda obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari, jami 250 nafarga yaqin fuqarolarga Yangi yil bayram sovg‘alari topshirildi.