Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini oʻrganish va hal etish, muammolariga yechim topish maqsadida Shirin shahar Ixtisoslashtirilgan maktabi faollar zalida Sirdaryo viloyati prokurori oʻrinbosari Sherzod Artikbayev hamda shahar sektor rahbarlari boshchiligida sayyor qabul oʻtkazildi.
Qabulda jami 12 ta masala bo‘yicha murojaatlar kelib tushib, ularning 5 tasi joyida hal etilgan bo‘lsa, alohida o‘rganishni talab qiladigan 7 ta murojaat ijrosi nazoratga olindi.
Qabuldan so‘ng shahar markazida tashkil etilgan arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari savdo yarmarkasi o‘rganilib, mas’ullarga narx-navo barqarorligini ta’minlash bo‘yicha zarur ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.