Saytimizga hush kelibsiz !

Shirin shahar «Vatanparvar» mahallasida arzonlashtirilgan koʻchma savdo yarmarkasi tashkil etildi

Yangi yil bayrami arafasida aholiga yanada qulaylik yaratish, barcha xonadonlarda dasturxonlarini nozi-ne’matlarga to‘ldirib, shodiyonani to‘kin-sochinlikda kutib olishlarini ta’minlash maqsadida shahrimizda arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari faoliyat boshladi.

Bugun Shirin shahar «Vatanparvar» mahallasida tashkil etilgan arzonlashtirilgan koʻchma savdo yarmarkasida aholi uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari xususan, meva-sabzavot, poliz ekinlari, guruch, go‘sht va baliq, tuxum, o‘simlik yog‘i kabi mahsulotlar sotuvi yoʻlga qoʻyildi.

Bayram arafasida bu kabi yarmarkalar faoliyati doimiy amalga oshirilib, koʻchma yarmarkalar tashkil etiladigan manzillar e’lon qilib boriladi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan