Saytimizga hush kelibsiz !

Shirin energetika kollejida «Yoshlar festivali» o’tkazildi

Yoshlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, yashirin iste’dodlarini yuzaga chiqarish, yoshlar o’rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish maqsadida Shirin shahar hokimligi, O’zbekiston yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyati Kengashi, shahar Yoshlar ishlari bo’limi bilan hamkorlikda «Yoshlar festivali» o‘tkazildi.

Festival doirasida yoshlar o’rtasida stol tennisi, Arm-restling, voleybol musobaqalari hamda «Zakovat» intellektual o’yinlari tashkil etildi.

Yakunda barcha yoshlar gulxan atrofida jam bo‘lishdi. Unda so‘zga chiqqan shahar hokimi Niyoz Xazratkulov, O’zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi raisi Azizbek Raxmonovlar bugungi kunda muhtaram yurtboshimiz tomonidan yoshlarga keng imkoniyat va sharoitlar yaratilganini, ertamiz egalari bo’lgan yoshlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini ta’kidladilar. Shuningdek, kecha davomida kun davomidagi tadbirlarda faol ishtirok etgan yoshlarga tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Kechada yoshlar tomonidan qo‘shiqlar kuylanib, she’rlar va monologlar ijro etildi. Shuningdek, tashkil etilgan turli xil qiziqarli o’yinlar barchaga xush kayfiyat bag‘ishladi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan