«Yil ayoli» milliy tanlovining viloyat bosqichida ishtirok etgan 37 nafar ayolning barchasi iqtidor, mahorat, keng dunyoqarash va ijtimoiy faollik jihatidan hakamlar hay’atida katta taassurot qoldirdi. Qatnashchilar 3 shart bo‘yicha o‘zaro bahslashdi .
Ochilish marosimida viloyat hokimi ishtirok etdi. Akmaljon Maxmudaliyev tanlov qatnashchilariga omad tilar ekan, xotin-qizlarning oiladagi, jamiyatdagi o‘rni xususida to‘xtalib o‘tdi. Ularga qaratilayotgan e’tibor va yaratilayotgan imkoniyatlar natijasida ayollar erishayotgan yutuqlar e’tirof etildi.
Yakuniy natijaga ko‘ra, Shirin shahridagi «Sirdaryo IES» AJ laboranti Dilfuza Ruzikulova 1-o‘rinni, Guliston shahridagi olimpiya va paralimpiya markazi murabbiysi Lobargul Mirzaxodjayeva 2-o‘rinni, Sirdaryo tumanida istiqomat qiluvchi, uy bekasi Shoira Alimuxamedova 3-o‘rinni egalladi. Shuningdek, 11 nafar faol ishtirokchi belgilangan nominatsiyalar bo‘yicha sovrindor bo‘ldi.
Bundan tashqari, «Gender tenglik faoli» milliy tanlovining g‘oliblari ham aniqlandi.
— «Gender tenglikni ta’minlashda eng faol davlat organi» – Guliston shahar AT Xalq banki;
— «Gender tenglikni ta’minlashda eng faol hokimlik» – Sardoba tumani hokimligi;
— «Gender tenglikni ta’minlashda eng faol tashkilot» – «Nurli maskan» maktab-internati;
— «Gender tenglikni ta’minlashda eng faol NNT» – Guliston shahridagi «Academy of psyxology» MCHJ;
— «Gender tenglikni ta’minlashda eng faol tadbirkorlik sub’yekti» – Mirzaobod tumanidagi «Guliston Golden Yarn» MCHJ;
— «Gender tenglikni targ‘ib qilishga qaratilgan eng yaxshi Tv dastur» – «O‘zbekiston» telekanalining Sirdaryo viloyati bo‘yicha o‘z muxbiri Ishonxonov Azizxon Alixanovich;
— «Gender tenglikni targ‘ib qilishga qaratilgan internetdagi eng yaxshi veb-sayt» – Xovos tumani hokimligi sayti;
— «Gender tenglikni targ‘ib qilishga qaratilgan eng yaxshi nashr» – «Oqoltin ovozi» gazetasi tahririyati.