Joriy yilning 27-noyabr kuni Shirin shahar hokimligida “Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz” mavzusida sektor rahbarlari, shahar Adliya bo‘limi ishtirokida o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.
Seminarda shahar hokimligi xodimlari, tashkilot rahbarlari, hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari hamda xotin-qizlar faollari korrupsiya bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyatlar va ularning sohalar kesimida tahlillari, bu borada olib borilayotgan sa’y-harakatlar to‘g‘risida axborot berildi.
Shuningdek, ma’ruzachilar tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish bo‘yicha qabul qilinayotgan huquqiy hujjatlar, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish mexanizmlarini takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida batafsil ma’lumotlar berildi.