Saytimizga hush kelibsiz !

“Acwa Sirdaryo“: Yangi podstansiyaning 500 kV kuchlanishli ochiq taqsimlash qurilmasi foydalanishga topshirildi

Shahrimizda Saudiya Arabistonining “ACWA POWER” kompaniyasi tomonidan qurilayotgan, quvvati 1500 megavatt bo‘lgan issiqlik elektr stansiyasining birinchi energobloki 2023-yil 27-oktabr kuni ishga tushirilgan edi.

Iyul oyida 220/500 kilovolt kuchlanishli “Acwa Sirdaryo“ podstansiyasiga kuchlanish berilib, 500 kilovolt kuchlanishli 2 ta elektr uzatish tarmoqlari O‘zbekiston elektr energetika umumtizimiga ulangan. Buning uchun “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan 14,25 km. uzunlikdagi 500 kilovolt kuchlanishdagi L-521, L-550 tarmoqlarigacha (kirish-chiqish) va 1,17 km. uzunlikdagi 220 kV kuchlanishdagi (kirish-chiqish) elektr uzatish havo tarmoqlarini qurish ishlari yakunlandi.

Ayni paytda birinchi energobloki ishga tushirilgan mazkur issiqlik elektr stansiyasi 500 megavatt quvvatda elektr energiya ishlab chiqarmoqda. Yil oxiriga qadar ikkinchi energoblok ishga tushirilib, ishlab chiqarish quvvati 1000 megavattga ko‘tariladi. Elektr energiyasini uzatish uchun maydoni 30 gektar bo‘lgan 500/220/33 kilovolt kuchlanishli ochiq taqsimlash qurilmasi, ya’ni yangi yuqori kuchlanishli podstansiyasining birinchi bosqichi bugun foydalanishga topshirildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan