Saytimizga hush kelibsiz !

Shirin shahrida «Maʼnaviyat marafoni» doirasida konsert dasturi bo‘lib o‘tdi

Prezidentimizning “Biz bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” deya taʼkidlagan ezgu daʼvatlari asosida, bugun mamlakatimizda ilk bor “Maʼnaviyat marafoni” bo‘lib o‘tmoqda.

Erta tongdan boshlangan «Biz bir bo‘lsak yagona xalqmiz, birlashsak vatanmiz» shiori ostidagi «Maʼnaviyat marafoni» doirasida Shirin shahridagi 4-umumiy o‘rta taʼlim maktabida konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida “Maʼnaviyat marafoni” doirasida o‘tkazilgan tanlovlarda g‘olib bo‘lgan yoshlar taqdirlandi. Shuningdek, vatanni madh etuvchi turli sahnalashtirilgan chiqishlar va gulxan atrofida o‘tkazilgan konsert dasturi ishtirokchilar qalbiga bir olam zavq ulashdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan