Aholini uzluksiz sifatli oziq-ovqat mahsuloti bilan ta’minlashda issiqxonalarning salmogʻi yuqori hisoblanadi. Kuz-qish mavsumidan issiqxonalarni betalofat oʻtkazish ham bugungi kundagi dolzarb masalalardan biridir.
Shu maqsadda bugun shahar hokimi Niyoz Namazbayevich hududdagi «Shirin agro nur», «Shirin export», «Shirin agro servis» MCHJlarga tegishli issiqxonalarda boʻlib, yetishtirilayotgan mahsulotlar sifati hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini oʻrgandi.
Ma’lumot uchun, bugungi kunda shahar hududida 14 ta issiqxona xoʻjaligi faoliyat yuritayotgan boʻlib, jami maydoni 22,4 gektarni tashkil etadi. Ularda asosan sabzavot hamda gullar yetishtiriladi.