Sirdaryo viloyati hamda Shirin shahar «Nuroniy» jamg‘armalari tomonidan shahar hokimligi hamkorligida “Bir nuroniy — o‘n yoshga masʼul” tamoyili asosidagi ko‘rik tanlovining shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tanlov natijalariga ko‘ra, “Amir Temur” mahallasidan ishtirok etgan Raʼno Rahmonqulova birinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, diplom va 2 million 300 ming so‘m miqdoridagi, “Doʻstlik” mahallasidan ishtirok etgan Mamlakat Abdurasulova ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, diplom va 1 million 610 ming so‘m miqdoridagi, “Bunyodkor” mahallasidan ishtirok etgan Xolmuhammad Xalilov uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, diplom va 990 ming so‘m miqdoridagi pul mukofotlari bilan taqdirlanishdi. Shuningdek, bir guruh nuroniy faollar ham rag‘batlantiruvchi pul mablag‘lari bilan mukofotlanishdi.
Tadbir davomida shahar Madaniyat bo‘limi xodimlari tomonidan tashkil etilgan ijodiy chiqishlar, ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar ishtirokchilarga xushkayfiyat bag‘ishladi.