Shirin shahar IIB sohaviy xizmatlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, Prezident Farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Ichki ishlar vazirligi hamda Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasining jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquq-tartibotni mustahkamlash borasida ichki ishlar organlari rolini yanada kuchaytirish to‘g‘risidagi buyruq va ko‘rsatmalari ijrosini taʼminlash, shahar hududida namunali jamoat tartibini saqlash, jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat hamda yo‘l harakati xavfsizligini taʼminlash borasida bir qator tashkiliy va amaliy tadbirlar belgilanib, ijrosi izchillik bilan taʼminlanib borildi. Shahar hududida 2023-yilning 6 oyi davomida 32 ta(2022-yil 33 ta)jinoyatlar sodir etilib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan umumiy jinoyatchilik soni 1 taga 3,0 foizga kamaygan. Shuningdek, shahar aholisi orasida bir qator manzilli profilaktik ogohlantiruv tadbirlari olib borilishi natijasida qasddan odam o‘ldirish, qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish, qasddan badanga yengil shikast yetkazish, bosqinchilik, talonchilik, bezorilik, chegarani buzib o‘tish, o‘lim bilan bog‘liq yo‘l transport xodisalari, transport vositasini olib qochish va nomusga tegish kabi jinoyatlar sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmadi.
Jinoyat qidiruv sohasida 2023-yilning 6 oyi davomida 16 ta (2022-yil
6 oyida 20 ta)nitashkil etib, bu yo‘nalishdagi jinoyatlar 4 taga yoki 20,0 foizga kamayishiga erishilgan.
Oldi olinishi lozim bo‘lgan jinoyatlar soni 12 tani tashkil etib, o‘tgan yilning shu davrida ham 11 ta sodir etilishiga yo‘l qo‘yilib, bu ko‘rsatkich 1 taga oshgan.
Shirin shahar IIBning sohaviy xizmatlari hamda hamkor tashkilotlarning saʼy-harakatlari bilan shahar hududida olib borilgan profilaktik va tezkor qidiruv ishlari natijasida ilgari sudlangan shaxslar tomonidan qayta jinoyatlar sodir etilishini oldini olish maqsadida maʼmuriy nazorat o‘rnatilgan 2 nafar shaxs maʼmuriy nazorat qoidalarini buzganligi uchun JKning 226-modda 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, shuningdek, fuqarolar tomonidan qonunga xilof ravishda noqonuniy o‘q-dori va qurol saqlash holati bilan bog‘liq 1 ta, fohishaxona saqlash 2 ta, giyohvandlik vositasini qonunga xilof ravishda saqlash va o‘tkazish bilan bog‘liq 6 ta jinoiy holatlar aniqlanib, o‘tgan
2022-yilda fosh etilmay qolingan 1 ta o‘g‘irlik jinoyatlari fosh etildi.
Joriy yilning iyun oyi mobaynida Shirin shahrida 1 ta bezorilik, 1 ta maʼmuriy nazorat qoidalarini buzish, 1 ta terrorizmni moliyalashtirish, 1 ta soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash, 2 ta davlat mulkini talon-taroj qilish kabi jinoyatlar sodir etildi.
Sodir etilgan jinoyatlar tafsilotidan kelib chiqib, fuqarolarimizdan quyidagi tavsiyalarga amal qilishini soʻraymiz:
– internet orqali tovar va boshqa narsa buyumlarga buyurtma berib sotib olishda yoki bo‘lmasam pul mablag‘i yutib olish, biror-bir nogiron yoki davolanishga muhtoj bo‘lgan shaxsga o‘z moddiy yordamingizni ayamang deya ko‘rsatilgan tekshirilmagan plastik raqam va hisob raqamlarga pul mablag‘larini o‘tkazib, firibgarlar domiga tushib qolib, pulingizga chuv tushib o‘tirmang hamda terrorizm bilan bog‘liq holatlarni moliyalashtirishga sababchi bo‘lib qolmang;
– fuqarolarimizdan ko‘cha, jamoat joylari va boshqa joylarda nizoli holatlarga duch kelganda bunday muammoni qonuniy yo‘l bilan bartaraf etishi, agarda biror kishi sizga qasd qilgan bo‘lsa undan o‘ch olaman deb, jinoiy javobgar bo‘lib qolmang, bunday holatlarda faqatgina IIBga murojaat qilsangiz huquqbuzarlarga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishini taʼminlagan bo‘lasiz;
– jismoniy va yuridik shaxslardan davlatimiz qonunchiligida belgilangan qatʼiy soliq to‘lov turlariga kiruvchi yer va mol-mulk, tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanmaslik, daromad soliqlari va boshqa soliq to‘lov turlarini to‘lashda qasddan bo‘yin tovlamasliklari;
– jismoniy va yuridik shaxslar, davlat xizmatchilari korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlar sodir etmasliklari, o‘ziga ishonib topshirilgan davlat mol-mulki va mablag‘larini talon-taroj qilmasliklari.