Saytimizga hush kelibsiz !

✅ Jismoniy shaxslar SMS orqali toʻlaydigan yer va mol-mulk soliqlari haqida to‘liq ma’lumot olishi mumkin

15-aprelga qadar jismoniy shaxslar yer va mol-mulk soligʻini teng yarmini toʻlashi belgilangan.

📩Soliq toʻlovchilarga qulaylik yaratish maqsadida endilikda ularning uyali telefonlariga toʻlashi lozim boʻlgan yer va mol-mulk soliqlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni SMS koʻrinishida yuborish yoʻlga qoʻyildi.

📃SMS ostidagi «Batafsil» yozuvi orqali toʻlov xabarnomasi yuklab olinadi. Xabarnomadan obyekt manzili, maydoni, kadastr qiymati, soliq stavkasi, summasi, soliq organi masʼul xodimi aloqa raqami va boshqa maʼlumotlar oʻrin olgan.

📲»Toʻlash» yozuvi bosilganda esa “Soliq” mobil ilovasi joylangan platforma ochiladi. Agar ilova foydalanuvchi qurilmasiga oʻrnatilgan boʻlsa ilovaning “Soliqlarni toʻlash” oynasidan toʻlovni tez va oson amalga oshirish mumkin. Oʻrnatilmagan boʻlsa plaftorma orqali yuklab olinadi.

🔖Toʻlov xabarnomasida koʻrsatilgan koʻchmas mulk maydoni, kadastr qiymati, yer uchastkasi egallagan maydon toʻgʻrisidagi maʼlumotlar haqiqatda mavjud obyekt va yer maydonidan farq qilsa yoki sizga tegishli boʻlmasa kadastr idoralariga murojaat qilish lozim.

📚Shuningdek, yer va mol-mulk soliqlaridan imtiyoz olish uchun hujjat mavjud boʻlib, soliq imtiyozi qoʻllanilmagan boʻlsa my.soliq.uz saytining «Jismoniy shaxslar tomonidan mol-mulk va yer soligʻi boʻyicha imtiyozlardan foydalanish toʻgʻrisida soliq organlarini xabardor qilish» xizmati, shuningdek koʻchmas mulk joylashgan yerdagi soliq organiga soliq imtiyoziga boʻlgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etish orqali imtiyozdan foydalanish mumkin.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan