Saytimizga hush kelibsiz !

22-mart — Mahalla tizimi xodimlari kuni

Barchamizga maʼlumki, 2020-yil 2-mart kuni qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi mahalla tizimi xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, har yili 22-mart mamlakatimizda “Mahalla tizimi xodimlari kuni” sifatida keng nishonlanib kelinmoqda.

Mahalla – azaldan milliy qadriyatlar va tarbiya beshigi, aholini hamjihatlikka chorlaydigan maskan sifatida eʼtirof etiladi. Yurtimizda islohotlarimizning keng qamrovda olib borilishida ushbu tizim xodimlarining o‘rni beqiyos. Chunki ular xalq bilan davlat o‘rtasidagi ishonchli ko‘prik hisoblanadi.

Ushbu kun munosabati bilan bugun shahrimizda mahalla tizimi xodimlari hamda nuroniy keksalarimiz ishtirokida bayram tadbirlari bo‘lib o‘tdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan