Bugungi jadal rivojlanib borayotgan davr, investitsion faollik surʼatlarining, jumladan sanoat ishlab chiqarish, qurilish, urbanizatsiya va bunyodkorlik ko‘lamining keskin kengayishi aholi punktlariga tushayotgan ekologik yuklamani kamaytirish mexanizmlarini takomillashtirishni taqozo etmoqda.
Shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PF-46-sonli farmoni ijrosini taʼminlash yuzasidan Shirin shahar Mirzo Ulug‘bek mahallasining “Sirdaryo IES” AJga yaqin hamda «ACWA POWER» kompaniyasi tomonidan qurilayotgan elektr stansiyasiga tutash hududida jami 2,5 gektar maydonga 2000 dona turli xil mevali daraxt ko‘chatlari ekilib, bog‘ yaratildi.
Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad shahar hududida yashil bog‘larni ko‘paytirish va ekologik muhit barqarorligini taʼminlashdan iborat.