Bugun 22-fevral kuni Mirzo Ulug‘bek mahallasida shahar hokimining o‘rinbosari Musurman Kuvandikov, Xalq qabulxonasi mudiri Maxmud Ro‘zimurodov, shahar tashkilotlari rahbarlari, Mirzo Ulug‘bek mahallasi vakillari va mahallada hokim yordamchilari ishtirokida aholini qiynab kelayotgan muammolarni tizimli hal etish maqsadida sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabulda jami 9 nafar fuqarolar murojaat etishdi. Murojaatlar asosan ish bilan taʼminlash, kredit, kommunal xo‘jalik masalalari yo‘nalishlarida bo‘ldi. 3 nafar fuqaroning turli masalalardagi murojaatlari joyida hal etildi, 4 nafariga huquqiy tushuntirish berilgan bo‘lsa, 2 nafar fuqaroning murojaati vaqt va o‘rganish talab qilganligi bois masʼullarga topshiriq berilib ijrosi nazoratga olindi.