2023-yil 15-fevral kuni Shirin shahar “Vatanparvar” mahallasida Guliston harbiy prokurori Ravshan Jalilovning sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi
Qabulda shahar hokimi S.Sultonov, shahar prokurori R.Mamirov, shahar Xalq qabulxonasi mudiri M.Ro‘zimurodov, FVV boshqarmasi vakillari hamda shahar tashkilot rahbarlari ishtirok etdilar. Sayyor qabulda harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari hamda shahar yoshlari ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.
Shuningdek qabul bilan birgalikda bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi ham tashkil etildi.
Yarmarkada shahar hamda yaqin hududdagi ish beruvchilar 170 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashdi. Yarmarka davomida 5 nafar fuqaroga ishga joylashish uchun yo‘llanma berildi. Kasbga qayta tayyorlash o‘quv kurslarida o‘qish istagini bildirgan 10 nafar fuqaroga o‘zi tanlagan kasbi o‘rgatiladigan bo‘ldi. Shuningdek, mehnat munosabatiga oid 20 dan ortiq murojaatga huquqiy maslahat berildi.