






Tadbirda
viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Akmaljon Maxmudaliyev, Toshkent harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonining birinchi o‘rinbosari, polkovnik Lazizjon Usmonov, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshqarma boshlig‘i podpolkovnik Rasulxon Axmedov, ofitser, serjant, askarlar va ularning oila aʼzolari, jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar harbiy xizmatchilarni bayram bilan qizg‘in qutlab, harbiy qism shaxsiy tarkibini Mudofaa vazirligi miqyosidagi o‘rnini eʼtirof etishdi.
Xizmatda alohida jonbozlik va tirishqoqlik ko‘rsatgan, o‘zlariga yuklatilgan vazifalarini to‘la-to‘kis taʼminlab kelayotgan bir guruh harbiy xizmatchilarga viloyat hokimligining esdalik sovg‘alari topshirildi.
Shundan so‘ng qatnashchilarga harbiy xizmatchilarning ko‘rgazmali jangovar chiqishlari namoyish etildi. Tadbir bayram dasturxoni atrofida xushovoz xonandalar tomonidan ijro etilgan kuy va qo‘shiqlar bilan yana-da fayzga to‘ldi.