Saytimizga hush kelibsiz !

Sirdaryo viloyati Shirin shahar davlat soliq inspeksiyasining joriy yilning oktabr oyi davomida sohada amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti

Prezidentimiz joriy yil 16 mart kuni Davlat soliq qo`mitasiga tashriflari davomida soliq ma`murchiligini yanada takomillashtirish, raqamlashtirish jarayonini izchil davom ettirish va uni korrupsiyadan holi tizimga aylantirish, tadbirkorlik subyektlariga xizmat ko`rsatishni yanada kengaytirish, barchaga teng raqobat sharoitini yaratish hamda xodimlarning ish samaradorligini rag`batlantirish maqsadida bir qator vazifalarni belgilab berdilar.

Xususan, Soliq idoralari transformasiyasi jarayonlarini jadallashtirish hamda tizimni tadbirkorlik subyektlariga ko`mak beradigan sohaga aylantirish, to`liq raqamlashtirish orqali tadbirkorlarga ko`mak berish imkoniyatlarini oshirish, soliq munosabatlarida inson ishtiroki omilini cheklash hamda “Soliqchi-ko`makchi” tamoyili asosida tadbirkorlik subyektlariga keng ko`lamda yordam berish bo`yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlarni tasdiqlash borasidagi topshiriqlari ijrosi yuzasidan amaliy ishlar qilinmoqda.

🔹Bu borada “Soliqchi – ko`makchi” tizimini amaliyotga keng joriy etish maqsadida, 2022 yilning oktabr oyida tadbirkorlarda ko`p uchrayotgan va ularni qiynayotgan muammolarni bartaraf etish bo`yicha quyidagi ishlar amalga oshirildi:

🔸tadbirkorlik subyektlarini ortiqcha harajatlar va qonun buzilishlaridan saqlash maqsadida, 63 tadan ortiq tadbirkorlarning hisobotlarini to`ldirish va topshirishga ko`maklashildi;

🔸shaxsiy hisobvarag`idan ko`chirma so`rab murojaat qilgan 14 ta tadbirkorlik subyektlariga ma`lumotnoma taqdim etildi;

🔸E-aktiv AAT bo‘yicha tushuncha 7 ta tadbirkorlarga tushunchalar berildi va qanday foydalanish bo’yicha ko’maklashildi.

🔸E-ijara AAT bo‘yicha 1 ta tadbirkorlarga tushunchalar berildi va qanday foydalanish bo’yicha ko’maklashildi.

🔸Yuqoridagilardan tashqari, har bir xodimning mehnat samaradorligiga qarab faoliyatini baholab borish tizimi joriy etildi. Mazkur joriy etilgan tizim asosida mexnat samaradorligi natijasiga asosan rag‘batlantirish yoki jazo chorasi qo‘llanishi belgilab olindi. 

🔸tizimda korrupsiya holatlarining oldini olish va yo‘l qo‘yilmasligini uchun har oy reja asosida huquqni muhofaza qiluvchi organlar ishtirokida uchrashuvlar tashkil etib kelinmoqda.

Shirin shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig’i
Xusniddin Qobilov

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan