Saytimizga hush kelibsiz !

Shirin shahar IIB boshligʻi Akmal Xolmatov keng jamoatchilikka 9 oy yakuni boʻyicha hisobot berdi

Shirin shahar IIB xodimlari tomonidan joriy yilning 9 oyi yakuni bo‘yicha jinoyatchilikka qarshi kurash va huquq-tartibotni mustahkamlash jamoat tartibini saqlash, jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat  hamda yo‘l harakati  xavfsizligini ta’minlash borasida bir qator ishlar amalga oshirildi:

Jumladan, shahar hududida 2022-yilning 9  oyi davomida 53 (2021-yil 53) ta jinoyatlar sodir etildi, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan umumiy jinoyatchilik soni barqaror qolgan. Jinoyat qidiruv yo‘nalishi bo‘yicha
2022-yilning 9 oyi davomida 25 ta jinoyat sodir etilgan, 2021-yilda31 ta jinoyat sodir etilib, o‘tgan yilga nisbatan 6taga 19,4 %ga kamaygan.

Ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatlar soni 2022-yilning 9 oyi mobaynida 16 ta, 2021-yilning shu davrida 21 ta sodir etilib, 5 taga kamayishiga erishilgan.

Uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar soni 2022-yilning 9 oyi davomida 20 ta,    2021-yilda esa 22 ta sodir etilib, 2 taga kamayishiga erishilgan.

Og‘ir turdagi jinoyatlar soni 2022-yil 9 oyi davomida 14 ta, 2021-yilning shu davrida 5 tasodir etilgan bo‘lib, 9 taga ko‘paygan.

-O‘ta og‘ir turdagi jinoyatlar soni 2022-yil 9 oyi davomida 3 ta, o‘tgan yilning shu davrida 5 ta sodir etilib, 2 taga kamayishiga erishilgan.

2022-yilning 9 oyi davomida shaharning“Vatanparvar” va “Nurobodmahallalarida jinoyat sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmagan. Biroq, “Do‘stlik” va Amir Temur mahallalarida oldi olinishi lozim bo‘lgan o‘g‘irlik, firibgarlik bilan bog‘liq hamda qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast kabi jinoyatlar soni oshgan.

Videomurojaatimizda shahrimiz fuqarolaridan o‘g‘irlik jinoyatlarini oldini olish bo‘yicha o‘z mulklarini saqlashda befarq bo‘lmasliklarini, narsa buyumlarini qarovsiz qoldirmasliklarini, do‘kon, savdo va ishlab chiqarish ob’ektlari, servis va xizmat ko‘rsatish hamda boshqa idora va tashklotlar rahbarlariga videokuzatuv moslamalari o‘rnatishlarini, bu ham jinoyatlikni kamaytirish va profilaktika qilishda o‘zining o‘rni borligini, shuningdek mavjudlarini taftishdan o‘tkazib, nosozlarini ta’mirlattirishlarini, Milliy gvardiya Sirdaryo viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi Boyovut tumanlararo Qo‘riqlash bo‘limi tomonidan xonadoningiz yoki ob’ektlarni qo‘riqqa olish bo‘yicha pultga ulanishlari so‘rab qolamiz. O‘g‘irlik yoki janjal va shunga o‘xshash holatlarni oldini olishda qo‘riqqa olingan joyga o‘rnatilgan pult tugmasini bossangiz qisqa vaqtda Qo‘riqlash bo‘limi tezkor guruhi hodimlari chaqirilgan joyga yetib kelib o‘g‘irlik, janjal va boshqa shunga o‘xshash noxush holatlarni oldini olishda yordam bergan bo‘lsasiz;

Shuningdek, so‘nggi paytlarda shiddat bilan ko‘payib borayotgan kiberfiribgarlik bilan bog‘liq jinoyatlarni oldini olishda quyidagilarga rioya qilishlaringizni tavsiya etamiz:

-plastik karta raqamingiz va uni amal qilish muddatini begona shaxslarga aytmang (sababi hozirgi kibermakonda xaker firibgarlar plastik kartangizdan bor pullarni yechib olish uchun sharoit yaratib bergan bo‘lasiz)

-plastik kartangizni begona shaxslarga bermang (agarda plastik kartangizni yo‘qotib qo‘ysangiz, darhol plastik karta berilgan bankning plastik kartalar bilan ishlash bo‘limiga murojaat qilib, eski plastik kartangizni bloklatib, yangi plastik karta ochirish choralarini ko‘ring)

-shaxsiy telefoningizni yosh farzandlaringizga o‘ynash yoki internetdan foydalanishlari uchun berganingizda ularni nazoratsiz qoldirmasliklaringizni va ularga olib bergan uyali qo‘l telefonlarini tekshirib turing. (xar xil tekshirilmagan saytlarga kirishlari, zo‘ravonlik, faxsh va boshqa shunga o‘xshash noxush holatlarni oldini olgan bo‘lasiz)

-internet ijtimoiy tarmog‘idan foydalanganda internetdan foydalanish madaniyatiga rioya qilib, telegramm yoki boshqa shunga o‘xshash sayt va hakozolardan  kelgan turli xildagi o‘yinlar (qimor, 1x-bet, yutuq yoki qimmatbaho pul-buyum bilan bog‘liq qiziqtiruvchi havolalar) ro‘yxatdan o‘tmagan va tekshirilmagan noqonuniy saytlarga kirmaslik va a’zo bo‘lmaslik, internet tarmog‘i orqali (masalan olx) narsa buyumlar sotib olish yoki buyurishda ehtiyot bo‘lish, pul o‘tkazmalari, chat-bot, shunga o‘xshash ovozli xabarlarga ishonmaslik, sababi  firibgarlarni tuzog‘iga tushib qolmang)

 -plastik kartangiz parolini hech kimga aytmang (Sababi firibgarlar tomonidan pul yechib olishiga sharoit yaratib bergan bo‘lasiz)

-shubhali saytlar va axborot resurslariga o‘tmaslik;

-telefoningizni begonalarga bermang (shaxs yoki boshqa ma’lumotlaringizni sir saqlang)

-telefoningizda xar xil turdagi xizmatlarga ishonmang (to‘lov yoki jo‘natmalar bilan bog‘liq shunga o‘xshash xizmatlar, aks holda bor mablag‘ingizdan ayrilib qolishingiz mumkin.)

-plastik kartangizda bor mablag‘ingizni begonalarga bildirmang;

-tekshirilmagan shubhali xabarlardan ehtiyot bo‘lishlaringizni so‘rab qolmamiz;

-o‘zingiz va farzandlaringizni internet tarmog‘ida yo‘g‘rilayotgan yot g‘oyalar ta’siriga tushushini oldini oling;

-ununtmang ustamon firibgarlar, xakerlar va boshqa shunga o‘xshash blogerlar o‘zlarining g‘araz maqsadlarini amalga oshirishda aynan internet orqali foydalanib kelishmoqda;

Yuqoridagi tavsiyalarga amal qilib, Siz nafaqat o‘zingizni balki yaqinlaringizni ham sog‘lig‘ini ta’minlabgina qolmasdan, jinoyatlarni oldini olishda o‘z hissangizni qo‘shib, tushkun kayfiyat va noxush holatlarni oldini olgan bo‘lsasiz. Agarda bunday muammolarga duch kelsangiz darhol ichki ishlar organlariga murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Shirin shahar Ichki ishlar bo’limi boshlig’i

Akmal Xolmatov

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan