Saytimizga hush kelibsiz !

Shirin shahrida aholini ro’yxatga olish tadbirlariga tayyorgarlik davom etmoqda

Sirdaryo viloyati Shirin shahrida aholini ro’yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik ko‘rish qizg’in davom etmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 710-son qaroriga muvofiq, 2023- yilda Respublikamizning barcha hududlarida aholini roʻyxatga olish tadbirining oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Shu munosabat bilan, Sirdaryo viloyati Shirin shahar aholini ro’yxatga olish bo’limi xodimlari tomonidan, shahar registratorlariga xarita va jadvallarda ishlash bo’yicha tushuncha va ko‘rsatmalar berib borilmoqda.

Aholini ro‘yxatga olish – bu mamlakat aholisining muayyan vaqtdagi “fotosurati”ni olish imkonini beruvchi umumdavlat miqyosidagi keng ko‘lamli tadbir bo‘lib, aholi to‘g‘risidagi ishonchli axborot manbasi hisoblanadi.

Shirin shahar statistika bo’limi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan