Joriy yilning 19-iyul kuni Sirdaryo viloyati prokurori S.Mavlonov, viloyat hokimining o‘rinbosari V.Ibadullayev va ishchi-guruh ishtirokida Shirin shahridagi ixtisoslashtirilgan maktab binosida amalga oshirilayotgan qurilish-montaj ishlari jarayoni bilan tanishdi.
Viloyat prokurori tomonidan viloyat hokimligi huzuridagi Yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyasi, viloyat arxitektura va qurilish boshqarmasi, davlat hududiy qurilish nazorat inspeksiyasi, Shirin shahar hokimligi hamda tegishli korxona va tashkilotlarning rahbar xodimlariga qurilish ishlarini sifatli va o‘z muddatida tamomlash bo‘yicha tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.