Joriy yilning 26-iyul kuni deputatlar, sektor rahbarlari, tegishli tashkilot rahbarlari, OAV vakillari hamda keng jamoatchilik ishtirokida Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashining 48-sessiyasi bo’lib o’tdi. Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar ko’rib chiqildi:
- – Shirin shahrida qonunbuzarliklarning oldini olish, korrupsiyaga qarshi kurashish, qonun ustuvorligini ta’minlash bo‘yicha 2022-yilning olti oyda amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha shahar prokurori R. Mamirovning axboroti;
- – shahar hududida 2022-yilning o‘tgan olti oy davomida jinoyatchilikning oldini olish hamda ularning profilaktikasi bo‘yicha qilingan ishlari yuzasidan Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i A. Xolmatovning hisoboti;
- – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Shirin shahridagi Xalq qabulxonasining 2022-yil o‘tgan davr davomida amalga oshirilgan ishlari
yuzasidan axboroti; - – Shirin shahar Adliya bo‘limi boshlig‘i I. Hakimovning 2022-yil olti oy davomida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan Shirin shahar Kengashiga axboroti;
- – Majburiy ijro byurosi Shirin shahar bo‘limi boshlig‘i Q. Xalilovning 2022-yilning o‘tgan davr davomida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan hisoboti;
- – Shirin shahar moliya bo‘limi mudiri K. Keldibekovning mahalliy byudjetining 2022-yil yarim yillik ijrosi to‘g‘risidagi hisoboti.
- O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2022-yil 27-apreldagi “Hududlarda yangi ish o‘rnini yaratish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan shahar aholini bandlikka ko‘maklashish markazi direktori Z. Ergasheva hisoboti.
- – Boshqa masalalar.
- Sessiya yakunida Shirin shahrida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan OAV vakillari ishtirokida matbuot anjumani o‘tdi.