Saytimizga hush kelibsiz !

Aholini ro‘yxatga olish qaysi manbalar hisobidan moliyalashtiriladi?

Chet el davlatlari tajribasidan ma’lumki, aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish ko‘p mehnat va mablag‘ talab etadi. Buning uchun tadbirni moliyalashtirish manbalarini aniqlashtirib olish ham muhim masalalardan biri hisoblanadi.

Yurtimizda 2023-yilda o‘tkaziladigan aholini ro‘yxatga olish tadbirlarini moliyalashtirish, O‘zbekiston Respublikasida
aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish kontseptsiyasiga muvofiq, Davlat byudjeti mablag‘lari va qonun bilan ta’qiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi.

Moliyalashtirish uchun zarur mablag‘lar hajmi O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi, Moliya  hamda Iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi va boshqa mas’ul idoralar hisob-kitoblari asosida, shuningdek, tender savdolari va tender hujjatlarini rasmiylashtirish natijalari bo‘yicha aniqlanadi.

Aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga, uning materiallarini qayta ishlashga, natijalarini olish va e’lon qilishga jalb etilgan xodimlarning mehnatiga haq to‘lash maxsus ishlab chiqilgan va tasdiqlangan normativlar asosida amalga oshiriladi.

Ma’lumot tariqasida, 2010-yilda o‘tkazilgan aholini ro‘yxatga olish tadbirlariga sarflangan xarajatlar qiymati o‘rtacha aholi jon boshiga Tojikistonda 1,31 AQSh dollarini, Qirg‘izistonda 1,12 AQSh dollarini, Ozarbayjonda 1,03 AQSh dollarini, Moldovada 2,15 AQSh dollarini, Rossiya Federatsiyasida 3,81 AQSh dollarini tashkil etgan.

Shirin shahar statistika bo‘limi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan