Saytimizga hush kelibsiz !

Yangi qurilyatotgan «bug’-gaz»issiqlik elektr stansiyasining atrof muhitga ta’siri yuzasidan uchrshuv bo’lib o’tdi

O’zbekiston Respublikasi energetika vazirligi Electricity De France (EDF), Nebras Power, Sojitz Corporation va Kyuden International tashkilotlarini o’z ichiga olgan konsorsiumini maksimal quvvati 1600 MVt bo’lgan bug’-gaz qurilmali issiqlik elektr stansiyasini qurish va ekspluatatsiya qilish uchun tanladi. Loyiha Sirdaryo viloyatining Shirin shahrida, mavjud 3000 MVt quvvatga ega bo’lgan mazut/gaz asosida ishlovchi issiqlik energiya stansiyasi (Sirdaryo IES) qarshisida joylashgan Loyihani amalga oshirish uchun zarur bo’lgan faoliyatni amalga oshirish uchun Konsorsium O’zbekistonda yangi kompaniya tashkil etdi. 

 O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 07.09.2020 yildagi 541-sonli «Atrof-muhitga ta’sirni baholash mexanizmini yanada takomillashtirish to’g’risida» gi qaroriga muvofiq, ekologik va ijtimoiy ta’sirni baholash jarayoni doirasida jamoat eshittiruvlarini o’tkazish talablarini bajarish maqsadida, joriy yilning 24-may kuni Shirin shahar hokimlik binosida shahar hokimi, tashqi savdo va investitsiya bo’limi vakili, shahar suv ta’minot korxonasi, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo’mitasining shahar bo’limi, sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati shahar bo’limi, mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari, fuqarolar va boshqa mas’ullar ishtirokida uchrashuv tashkil qilindi.

Uchrashuv davomida mazkur quriladigan sanoat korxonasining atrof-muhitga bo’ladigan ta’siri, tabiiy resurslarni ekspluatatsiya qilish tartibi va boshqa muhim omillar, ko’rsatkichlar uchrashuv ishtirokchilariga batafsil tushuntirildi.

Yakunda ushbu loyihani amalga oshirish yuzasidan jamoatchilik vakillari va mas’ullar o’z roziligini bildirishdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan