Saytimizga hush kelibsiz !

Mirzo Ulug’bek MFY yoshlari o’rtasida shaxmat, shashka musobaqalari o’tkazildi

O`zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi tashabbusi bilan, Shirin shahar hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi Shirin shahar bo‘limi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Shirin shahar Kengashi bilan hamkorlikda Mirzo Ulug‘bek mahallasida yoshlar o‘rtasida sportning ommaviyligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish maqsadida sportning shaxmat, shashka turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi.
Shirin shahar hokimi o‘rinbosari Nasiba Alimova va O`zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi bo‘lim mudiri Husan Jabborovlar bevosita ishtiroke etgan mazkur musobaqada 50 dan ortiq yoshlar o’zaro kuch sinashdi. G‘oliblik uchun da’vogarlar o‘rtasidagi bahs qizg‘in va murosasiz kechdi.
Musoboqaning yakuniy natijalariga ko’ra, g‘oliblar O`zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi va Mirzo Ulug‘bek mahallasi yoshlar yetakchisi tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan