Xabaringiz bor, joriy yilning 16-18 may kunlari Shirin shahrining barcha mahallalarida mahalla fuqarolar yig’ini raisi (oqsoqoli) saylovi o’tkazilishi belgilangan edi. Joriy yilning 17-may kuni rejaga asosan, 2 ta mahallalarda xususan, Do’stlik, Bunyodkor mahallalarida saylovlar o’tkazildi va saylov jarayonlari tugashi bilan saylovchilarning bevosita kuzatuvi ostida to’plangan ovozlar hisoblanib, natijalar e’lon qilindi.
Unga ko’ra:
Do’stlik mahalla fuqarolar yig’iniga Ibragimov Nizomjon Xotamovich;
Bunyodkor mahalla fuqarolar yig’iniga Berdiyorov Xudoyberdi Begimqulovich rais etib saylandi.
Eslatib o’tamiz, joriy yilning 18-may kuni Farhod mahalla fuqarolar yig’ini raisi (oqsoqoli) saylovi bo’lib o’tadi.
Shirin shahar saylov komissiyasi